Agarda tovar, tovarlik holatini yo'qotmagan bo'lsa (masalan: qadog'i ochilmagan, plyonka ochilmagan va muhr buzilmagan) bo'lsa magazinga murojaat qilishingiz mumkin, u yerda tovarni tekshirib tekshiruvga ko'ra ish tutishadi (qaytarib olishadi yoki nimaga qaytarib olinmasligini tushintirib berishadi).
Qaytarish tartibi:
Tovarlarni qaytarish to'g'risida ariza ma'lum bir nuqsonni ko'rsatgan holda taqdim etiladi
Tovarlar xizmat ko'rsatish markaziga taqdim etiladi, bu yerda nosozliklar yoki ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni aniqlash uchun texnik tekshiruv o'tkaziladi
Texnik tekshirish natijasida, tovarning noto'g'ri ishlashi sabablari to'g'risida xulosa qilinadi
Kafolat muddati davomida. Agar tovarning ishlamay qolishi sababi ishlab chiqarishdagi nuqson bo'lsa, tovar sotib olingan hamkor tomonidan o'zgartirilishi yoki ta'mirlanishi kerak (texnik muammolarni bartaraf etish)
7 kun ichida (ishlab chiqarish nuqsonining aniq belgilari bilan)
20 kun ichida (agar qo'shimcha tekshirish zarurati bo'lsa)
1 oy ichida (tovarning muqobil markasi bo'lmagan taqdirda)
2 oy ichida (chekka hududlarga yetkazib berilganda)
20 kun ichida (xizmat ko'rsatish bo'yicha texnik xizmat to'liq tekshirgandan so'ng)
Kafolat muddati tugagandan so'ng, sotuvchi tovarning nuqsonlari uchun javobgar bo'lmaydi
Ha, agar mahsulot sotib olingan kundan boshlab 10 kundan o'tmagan bo'lsa, ushbu mahsulot iste'molchilar huquqini himoya qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunidan kelib chiqqan holda shu kabi tovarlar uchun qaytarilishi yoki almashinishi shart.
Kafolat taloni belgilangan muddat ichida tovardagi nosozliklarni tuzatish va bartaraf qilishni o'z zimmasiga oladi. Muammolarni bartaraf etishning imkoni bo'lmagan taqdirda, sotuvchi muqobil tovarni taqdim etishni o'z zimmasiga oladi.
Agar siz karta bilan to'lovni amalga oshirgan bo'lsangiz, u holda sizning pulingiz summa hisobdan chiqarilgan kartaga qaytariladi
Agar to'lov naqd pulda amalga oshirilgan bo'lsa, qaytarish tasdiqlangandan keyin, pulni do'kondan olib ketish yoki sotuvchidan kartangizga tashlashini so'rashingiz mumkin.
Siz foydalanilmayotgan tovarlarni 10 kun ichida do'konga qaytarishingiz kerak. Keyin tovarlarning butligi tekshiriladi. Agar do'kon tovarlarni qabul qilsa, bizga - alifshop.uz ga qaytarish to'g'risida xabar beradi va biz muddatli to'lov bekor qilamiz. Agar siz bo'lib to'lashning biror qismini amalga oshirgan bo'lsangiz, u holda pul kartangizga qaytariladi
Agar qaytarish to'g'risidagi arizangiz qabul qilingan taqdirda, sizning muddatli to'lovingiz o'chiriladi va shartnoma bekor qilinadi. Muddatli to'lovnini bekor qilish jarayoni 20 daqiqa va undan ko'proq vaqtni talab etadi
Uy sharoitida kasalliklarning oldini olish va davolash uchun tovarlar (metall, rezina, to'qimachilik va boshqa materiallardan tayyorlangan sanitariya-gigiena vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy asbob-uskunalar, og'iz bo'shlig'i gigienasi vositalari, ko'zoynak linzalari, bolalar parvarishi buyumlari, dorilar)
Shaxsiy gigiena vositalari (tish cho'tkalari, taroqlar, soch to'g'nog'ichlari, soch turmaklash vositalari, pariklar, shinyonlar va shu kabi boshqa tovarlar)
Parfyumeriya va kosmetika tovarlari
To`qimachilik buyumlari (paxta, zig'ir, ipak, jun va sintetik matolar, mato tipidagi mato bo'lmagan materiallardan tayyorlangan buyumlar - tasmalar, tesma, to'r va boshqalar); kabel tovarlari (simlar, shnurlar, kabellar); qurilish va pardozlash materiallari (linoleum, plyonka, gilamchalar va boshqalar) va metrlab sotiladigan boshqa tovarlar
Tikuvchilik va trikotaj buyumlar (tikuvchilik va trikotaj ichki kiyim, paypoq va qo'lqop mahsulotlari)
Polimer materiallardan tayyorlangan oziq-ovqat bilan aloqada bo'ladigan, shu jumladan bir martalik foydalaniladigan tovarlar va materiallar (oshxona idishlari va oshxona anjomlari, idishlar va oziq-ovqat tovarlarini saqlash va tashish uchun qadoqlash materiallari)
Maishiy kimyoviy tovarlar, pestitsidlar va agrokimyoviy moddalar
Mebel (mebel garniturlari va to'plamlari)
Qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlar bilan, yarim qimmatbaho va sintetik toshlar qo'shimchali qimmatbaho metallardan, qirralangan qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar
Avtomobillar va velosipedlar, tirkamalar va ularga raqamlangan birliklar; qishloq xo'jaligi ishlarini kichik mexanizatsiyalashning mobil vositalari; maishiy foydalanish uchun sayr kemalari va boshqa suzish vositalari
Kafolat muddatlari belgilangan texnik jihatdan murakkab maishiy buyumlar (metallni kesish stanoklari va yog'ochni qayta ishlash uchun maishiy mashinalar; elektr maishiy mashinalar va maishiy elektr jihozlari; maishiy radioelektron uskunalar; maishiy hisoblash va ko'paytirish texnikalari; foto va kino uskunalari; telefonlar va faksimil uskunalar; elektr musiqa asboblari; elektron o'yinchoqlar)
Hayvonlar va o'simliklar